"O‘zekspomarkaz" MKK AJ ko‘rgazma yuklarini yetkazib berish bo‘yicha to‘liq xizmatlar kompleksini taqdim etadi, jumladan:
Bojxona rasmiylashtiruvi va logistika:
• Yuk bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish
• Bojxona yig‘imlari va to‘lovlarini amalga oshirish
• “Toshkent” aeroporti omboridan stendgacha aviayuklarni qabul qilish, yetkazib berish
• “O‘zekspomarkaz” hududiga kelgan avtoulov yuklarini stendgacha yetkazib berish
Qo‘shimcha xizmatlar:
• Yuk tashish uchun avtotransport taqdim etish
• Yuk ko‘taruvchi texnika
• Avtokran (yuk ko‘taruvchi kran)
• Og‘ir va yirik yuklarni ko‘tarish, tashish va joylashtirish bo‘yicha xizmatlar. (takelaj ishlari)
• Gidravlik aravacha
• Ko‘rgazma davomida tovarlarni saqlash
• Bo‘sh tarani saqlash
• Bo‘sh qadoq materiallarini stenddan omborga va qayta stendga yetkazib berish
• Hujjatlarni o‘rganish va texnik yordam ko‘rsatish