Ру Ўз O'z En

Toshkentlend

“Toshkentlend” bolalar bog‘i

“Toshkentlend” bolalar bog‘i – bu bolalarga quvonch baxsh etuvchi, kattalarga esa o‘zini boladek his qilish imkoniyatini beruvchi sehrli mamlakat. Bog'da nafaqat bolalar, balki o'smirlar va ularning ota-onalari ham foydalanishlari mumkin bo'lgan eng zamonaviy va xavfsiz attraksionlar mavjud. Ajoyib qal'a darvozalari orqali mo''jizalar mamlakatiga kiring va quvonch, beparvolik va hayajonli sir muhitiga sho'ng'ing, bundan yaxshiroq nima bo'lishi mumkin?!

Karusel

Har qanday bolalar bog‘ining ajralmas qismi nima? - deb istalgan odamdan so‘rang — albatta, javob bir xil bo‘ladi: "Ka-ru-sel!". Bezatilgan karusel, xuddi eski yaxshi davrlardagidek, tebranib, aylanadi. Hashamatli aravachalar, sherlar, otlar, fillar hamda boshqa tirik tabiat vakillarini aylantiradi.

To‘lqin (Waikiki to‘lqini)

9 balli dovul vaqtida boshqaruvdan chiqqan kema palubasida turgan odamning holatini his etishni xohlaysizmi? Jurʼat qiling – maxsus dastur asosida harakatlanadigan platforma sizni to‘lqinlar o‘ynagan g‘azablangan dengizga olib kiradi.

Ahtapot

Bogʻ markazida joylashgan ulkan ahtapot sizni hali ilgari boshdan kechirmagan his-tuygʻular bilan tanishtiradi — u oʻzining ulkan chambaraklari bilan sizni bir vaqtning oʻzida uch yoʻnalishda aylantiradi.

Skyflier — Osmon uchuvchisi

Ushbu attraksion sizga koinotga parvoz qilishga qanchalik layoqatli ekanligingizni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. U sizga og‘irliksiz holat nima ekanini va Yerning tortish kuchi qanday ta’sir qilishini his qilish imkonini yaratadi.

Bumerang

Shaklli yo’lak bo‘ylab katta tezlikda harakatlanadigan attraksion – bu kuchli hissiyotlarga tayyor bo‘lmaganlar uchun emas. Hayotingizda hech bo‘lmaganda bir marta bu unutilmas lahzalarni boshdan kechiring – va kundalik hayotdagi barcha tashvishlar sizga oddiy bo’lib ko‘rinadi.

Kuzatuv g'ildiragi

Kuzatuv g'ildiragining eng yuqori nuqtasiga, 24 metr balandlikka sekin ko'tarilar ekan, eski bog'ning sehrli manzaralaridan bahramand bo'lish mumkin. Yuqoridan koʻplab taʼsirli attraksionlar bogʻga hayot bagʻishlaydi, bogʻga tutash shahar koʻchalari koʻz oldingizda gavdalanadi, hatto uzoqda joylashgan qor bilan qoplangan togʻ sohillarining siluetlarini orzu bilan kuzatish mumkin.

Afrika safari

Daryo bo‘yida qayiqda sayr qilish sizga sun’iy sharshara salqinligini va yovvoyi tabiatning barcha go‘zalliklarini his qilish imkonini beradi. Bu yerda siz ulkan bug‘ular bilan yuzma-yuz uchrashishingiz, qayiq qirrasida og‘zini ochib turgan toshbaqalarni ko‘rishingiz, boshlaringiz ustidagi daraxt shoxidan sakrashga tayyorlangan leopardlarni kuzatishingiz mumkin. Shuningdek, kutilmaganda suvdan yuzaga chiqqan gippopotamlarni, suvli joylarda butun oilasi bilan cho‘milayotgan fillarni, va sizning ko‘z o‘ngingizda osoyishta tarzda o‘z ovqatini bo‘lib yeyayotgan sherlarni ko‘rishi mumkin.

Urta asrlar qo‘rqinchli qal’asi

Ushbu attraksionda yorug‘lik va tovush effektlari muvaffaqiyatli qo‘llanilgan bo‘lib, u sizning nervlaringizni biroz titratib, qorong‘ulikdan kutilmaganda paydo bo‘ladigan narsalar bilan hayratga soladi... Nima ekanligini o‘ylayapsizmi? Keling, ko‘ring!

Kirish bepul

Attraksion narxi:

Kattalar uchun chipta: 20000 so'm

Bola chiptasi (3 yoshdan 12 yoshgacha): 10000 so'm

To'lov shakli: Istalgan

Manzil: Amir Temur ko'chasi, 107-uy

Telefon: +998 71 235-02-50

Parkning ish vaqti: 10.00 dan 21.00 gacha

Kassa ish vaqti: 10.00 dan 20.00 gacha

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech