30 yil davomida “O’zekspomarkaz” MKK” AJ pavilonlarida 1500 dan ortiq ko’rgazma tadbirlari o’tkazildi. Ulardan 1200 tasi xalqaro ixtisoslashgan ko’rgazmalar va 300 dan ortiq milliy ekspozitsiyalarni tashkil etdi. Shuningdek, mamlakatimizning 100 dan ortiq xalqaro ko’rgazma forumlarida ishtirok etishi ta’minlandi.
1992 yil O‘zbekiston SSR Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi asosida Respublika savdo-ko‘rgazma markazi «O’zekspomarkaz» tashkil etildi (hozirgi “O’zekspomarkaz” MKK” AJ).
1993 yil Mamlakatimizning Janubiy Koreyaning Tejjon shahrida o‘tkazilgan “EXPO 1993” xalqaro ko‘rgazma forumida ishtiroki ta'minlandi (kumush medali). Birinchi marta O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida bunday yirik xalqaro forumda qatnashdi.
1994 yil Mamlakatimizning Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan Islom Sivilizatsiyasi Jahon festivalida ishtiroki ta'minlandi.
1995 yil «Toshkentland» sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar majmuasining foydalanishga topshirilishi.
1996 yil O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro ko‘rgazmalar byurosiga (XKB) a'zo bo‘lishi. Toshkentda Yapon bog‘ining qurilishi boshlanishi munosabati bilan poydevor toshi qo‘yilishi.
2000 yil Mamlakatimizning Germaniyaning Gannover shahrida o‘tkazilgan “EXPO 2000” xalqaro ko‘rgazma forumida ishtiroki ta'minlandi.
2001 yil Yapon bog‘ining foydalanishga topshirilishi.
2002 yil Yapon bog‘ining 2-bosqichining foydalanishga topshirilishi.
2003 yil Ikki qavatli kinolektoriy binosining rekonstruksiyasi amalga oshirildi.
2004 yil Pavilon №3 («Irrigatsiya») ning uch yulduzli «Expo» mehmonxonasiga aylantirilishi.
2005 yil Mamlakatimizning Yaponiya Aichi prefekturasida o‘tkazilgan EXPO 2005 xalqaro ko’rgazma forumida ishtiroki ta'minlandi (kumush medali).
2007 yil Pavilon №2 ning foydalanishga topshirilishi. “O’zekspomarkaz” hududining janubi-g’arbiy tomonidagi kirish portalining foydalanishga topshirilishi. «Boz-su» daryosi ustidagi piyodalar ko’prigining rekonstruksiyasi. Markaziy pavilonga yangi kirish eshigining ochilishi. Pavilon №1 oldida ochiq kuzatuv maydonchasining qurilishi. «O’zekspomarkaz» MKK AJni Xalqaro savdo va ko’rgazmalar majmuasi obyektlaridan ajratib turuvchi g’ishtdan yasalgan to’siq devorining qurilishi.
2008 yil Xalqaro savdo markazining foydalanishga topshirilishi.
2010 yil Pavilon №3 va №4 ning global rekonstruksiyasidan so’ng foydalanishga topshirilishi va 3 va 4-pavilonlarni bog’lovchi yangi Atriumning qurilishi. Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o‘tkazilgan “EXPO 2010” xalqaro ko‘rgazma forumida ishtiroki ta'minlandi.
2012 yil Pavilon №3 ning barcha kommunikatsiyalarini yangilash bilan rekonstruksiyasi boshlandi.
2015 yil Mamlakatimizning Italiya Milan shahrida o’tkazilgan “EXPO 2015” xalqaro ko’rgazma forumida ishtiroki ta'minlandi.
2016 yil Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) matbuot markazining tashkil etilishi (iyun). Angren-Pap temir yo‘l liniyasining ochilishiga bag‘ishlangan teleko‘prik (avgust). O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining brifingi (dekabr).
2017 yil O‘zbekiston-Qozog’iston biznes forumi doirasida Astanada o‘tkazilgan Milliy sanoat ko‘rgazmasi (mart).
Dushanbeda O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalari mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi (aprel).
O’zbekistonning Astana shahridagi «EXPO-2017» xalqaro ixtisoslashgan ko’rgazma forumida ishtiroki ta'minlandi (iyun-sentabr).
Qozog’iston tovarlari ko’rgazmasi va Qozog’iston-O’zbekiston biznes forumi (sentabr).