“O‘zekspomarkaz”MKK” AJ Komplayens-inspektori
Ish tajribasi: 1–3 yil
To‘lov shakli: Oylik ish haqi
Bandlik turi: Doimiy (shtat asosida)
Ish tartibi: Odatiy (ish joyida)
Ish kunlari va vaqti: 5/2, 09:00–18:00
Sinov muddati: 3 oy
Ma’lumot darajasi: Oliy (bakalavr)
Malakaviy talablar
- Oliy ma’lumot (yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha);
- Kamida 2 yillik tajriba (korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lishi kerak);
- Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, kompyuter tizimidagi dasturlarda erkin ishlash, Ms Excel, Ms Word va Ms Power Point dasturlarini yuqori darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi;
- O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatidagi yangiliklardan xabardor bo‘lish;
- Tezkorlik, tahliliy yondashuv va mas’uliyat;
- Axborot xavfsizligi siyosati talabiga rioya qilish;
- Rasmiy hujjat bilan ishlash ko‘nikmasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi;
- O‘zbek tilida mukammal savodxonlik ( Rus va ingliz tillarini bilish afzallik sifatida qaraladi).
Lavozim majburiyatlari
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ xodimlari o‘rtasida vazifa va funksional majburiyatlarni taqsimlash hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishni takomillashtirish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash uchun so‘rov, tahlil va monitoring o‘tkazish;
- Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda ijro yuzasidan hisobotlar tayyorlash;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ da xarid, shartnoma, kadrlar va moliyaviy jarayonlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ ichki hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish va profilaktik tekshiruvlar o‘tkazish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vakolatli davlat organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etilishini ta’minlash;
- Mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ da komplayens tizimini takomillashtirish va xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Ichki va tashqi audit va vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ijrosini nazorat qilish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qilish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ boshqaruv raisiga korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens va qonunchilik masalalari yuzasidan taklif kiritadi;
- Qonunchilikka muvofiqlik korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan xodimlarga maslahatlar berish;
- Bo‘lim faoliyatiga oid ichki tartib, nizom va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish;
- Zarur hollarda xizmat tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;
- Xizmat vazifalarini bajarish jarayonida o‘ziga ma’lum bo‘lgan davlat, xizmat yoki tijorat sirini oshkor etmaslik;
- O‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ xodimlari, ayniqsa korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv materiallari va qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi va komplayens bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish hamda ishtirokini nazorat qilish;
- “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ tizimida korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan sohalar va lavozimlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ish vaqti
09:00 - 18:00
Mutaxassislik
Yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishlari
Murojaat qilish tartibi
Mazkur lavozimga nomzodingizni taqdim etish uchun to‘liq tarjimai holingizni (obyektivka) quyida ko‘rsatilgan qulay aloqa vositalari orqali yuborishingiz so‘raladi. Har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqiladi va saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan bog‘laniladi.
Arizalarni qabul qilishning so`nggi muddati- 10.07.2026у
MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy. Mo‘ljal: Bodomzor metrosi.
Murojaat uchun: 71-236-66-15.
E-mail: info@uzexpocentre.uz.
____________________________
- 30.06.2026y. holatiga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida Ma’lumotlar
- 2025-yil 30-sentyabr holatiga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida Ma’lumotlar
- 2024-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida Ma’lumotlar
- 2023-yil 30-sentabr holatiga ko'ra bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida Ma’lumotlar
- 2023-yil 31-iyul holatiga ko‘ra bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida Ma’lumotlar