“O`zekspomarkaz” MKK AJ hududida ko`rgazma stendlari va
ekspozitsiya quruvchilarining ishlarini tashkil etish
QOIDALARI
«O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududida ko‘rgazma stendlari va
ekspozitsiyalarni yaratish, qurilish-montaj ishlarini tashkil etish
QOIDALARI
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu qoidalar «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ bo‘limlari va xizmatlari tomonidan quruvchilarning faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va ishlarini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
1.2. Qoidalar ko‘rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini yaratishda qurish texnologiyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni, ularni ko‘rgazma ishtirokchilariga o‘z vaqtida topshirishni, montaj va demontaj ishlarida tozalik, tartib va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni tartibga soladi.
1.3. Qoidalar «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududida ko‘rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini yaratuvchilarining ishlarni tashkil etish uchun ishlab chiqilgan va barcha ko‘rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini quruvchilar (mahalliy va xorijiy) uchun majburiydir.
1.4. Quruvchilarga, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha zarur kelishuvlarni rasmiylashtirish va nizomlarni bajarish sharti bilan yozma ruxsatnomalar rasmiylashtirish orqali «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududida ko‘rgazma uskunalari, materiallar va ko‘rgazma stendlari konstruksiyalarini olib kirish va olib chiqish, montaj va demontaj ishlarini bajarish uchun ruxsat beriladi.
1.5. Agar ko‘rgazma tadbirining ishtirokchisi montaj va demontaj ishlarini mustaqil ravishda amalga oshirsa, unda ushbu qoidalarga asosan, montaj va demontaj ishlari davrida ishtirokchiga nisbatan quruvchi maqomi qo‘llaniladi.
1.6. Quruvchi korxona akkreditatsiyadan o‘tkazish xizmati uchun bir martalik to‘lov «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ tomonidan tasdiqlangan normativiga muvofiq ko‘rgazma doirasida undiriladi.
1.7. Ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish ko‘rgazmalar va ko‘rgazma xizmati bo‘limiga, texnik xizmat muhandislari va ko‘rgazma tashkilotchisi direksiyasiga yuklanadi.
2. Ko‘rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini kelishish, montaj va demontaj qilish nizomi
2.1. Quruvchi ko‘rgazmaning montaj ishlari boshlanishidan 7 kun oldin stend rejalari va ko‘rgazma stendlarini qurishda ishlatiladigan materiallarning spetsifikatsiyalarini, shuningdek, quriladigan stend haqidagi barcha ma’lumotlarni (stend rejalari, elektr tarmog‘i, fermalarga mahkamlash, agar mavjud bo‘lsa) sanitariya, texnika va yong‘in xavfsizligi me’yorlariga muvofiqligini kelishish uchun «O‘zekspomarkaz» MKK» AJga taqdim etishi shart. Shuningdek, ko‘rgazma montaj ishlari boshlanishidan 7 kun oldin asosiy va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish uchun yozma ariza taqdim etiladi.
2.1.1. «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ quruvchi korxona bilan akkreditatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzadi. «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilgandan so‘ng va quruvchi korxona tomonidan shartnoma to‘lovi amalga oshirilgach, ushbu ko‘rgazma uchun akkreditatsiya xati (ma’lumotnoma) beriladi.
2.2. Ko‘rgazma stendini qurish, ekspozitsiyani yaratish va o‘rnatish uchun ishlatiladigan hamda olib kiriladigan barcha qurilish materiallari, ularning yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan, ishlab chiqaruvchining texnik shartlari, yong‘inga qarshi ishlov berilganligini tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar oldindan taqdim etilishi kerak.
2.3. Quruvchi ish boshlanishidan 10 ish kuni oldin «O‘zekspomarkaz» MKK» AJga montaj va demontaj ishlarini amalga oshirishda umumiy rahbarlikni ta’minlash uchun mas’ul shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, aloqa vositasining raqamlarini hamda pavilon va ko‘rgazma maydonlarida ishga jalb qilinadigan xodimlar (montajchilar) ro‘yxatini, pasportlarining nusxalarini yozma ravishda taqdim etishi shart.
2.4. Ko‘rgazma stendini qurish va o‘rnatish paytida yong‘in xavfsizligi, mehnatni muhofaza va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik ishlab chiqaruvchining mas’ul shaxsiga yuklanadi.
2.5. Quruvchining mas’ul shaxsi ish boshlanishidan avval ishchilar (montajchilar) bilan mehnat muhofazasi, yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalariga muvofiq tegishli yo‘riqnomalar o‘tkazishi va bilimlarini tekshirish orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak.
2.6. Xodimlar shaxsiy gigiena qoidalarini bilishlari va ularga rioya qilishlari kerak; ko‘rgazma maydonlari hududida chekish (buning uchun maxsus jihozlangan joylar bundan mustasno) va ishdan oldin va ish paytida spirtli ichimliklar ichish, shuningdek, ish joyida giyohvandlik va toksikologik mastlik holatida bo‘lish man etiladi.
2.7. Quruvchi ko‘rgazma binolarida texnologik, ko‘rgazma va boshqa jihozlarni joylashtirishda loyiha standartlariga muvofiq favqulodda chiqishlar va o‘tish joylarini ta’minlashi, shuningdek, elektr panellari va yong‘in kranlariga o‘tish yo‘laklari qoldirishi shart.
2.8. Har bir ko‘rgazma stendida ushbu qoida talablarini bajarish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish uchun quruvchi tashkilot nomi, mas’ul shaxsning familiyasi, ismi va sharifi, shuningdek, mobil telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumot tablichkasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
2.9. Ko‘rgazma stendlarini qurilishida faoliyat ko‘rsatayotgan quruvchi tashkilot montajchilarining shtat tarkibi bajarilayotgan ish xususiyati va shartlariga muvofiq mehnat xavfsizligini ta’minlovchi maxsus kiyim (kostyum, shim yoki kombinezon, mavsum bo‘yicha futbolkalar, qo‘lqoplar, muhofaza bosh kiyimlari), maxsus poyabzal va boshqa himoya vositalari (xavfsizlik kamarlari, himoya ko‘zoynaklari) kiygan bo‘lishlari kerak. Stend qurilishida ishlaydigan har bir ishchi kiyimiga montaj tashkilotining nomi tushirilgan va montajchining familiyasi, ismi va sharifi ko‘rsatilgan beydjikka ega bo‘lishi kerak.
2.10. Eksklyuziv ko‘rgazma stendini (standart bo‘lmagan tuzilmalar va elementlardan yig‘iladigan) oldindan montaj, yig‘ish va bo‘yash ishlari ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish maydonlarida amalga oshiriladi, keyinchalik alohida modulli tuzilmalar va elementlari «O‘zekspomarkaz» MKK» AJga yetkazib keltirilib, yig‘ish ishlari amalga oshiriladi.
«O‘zekspomarkaz» MKK» AJ pavilonlari ichida arralash, kesish, qirib tashlash, tekislash, bo‘yoq berish, materiallarni qayta ishlash va boshqa ishlarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘rgazma maydonida stendlarni montaj qilish qurilish materiallaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish maydonlarida oldindan tayyorlangan, grunt bilan tekislangan va bo‘yalgan modulli tuzilmalaridan iborat stend elementlaridan amalga oshiriladi.
Istisno tariqasida, faqat ko‘rgazma stendlarining tarkibiy elementlarini chang yig‘uvchi qurilma o‘rnatilgan elektr asboblari yordamida stendga sozlab o‘rnatish va ulangan joylarini bo‘yashga ruxsat beriladi.
2.11. Balandlikda bajariladigan ishlarini quruvchining qurilish ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Narvonlar, qurilish lesalari va ko‘tarish mexanizmlari yordamida balandlikda bajariladigan ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik moslamalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish lozim. Yuklash va tushirish ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak.
2.12. Agar stendni o‘rnatishda pavilonning yuqoridagi metall konstruksiyalariga mahkamlash talab qilinsa, mahkamlash ishlarini faqat «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ montajchilari oldindan berilgan buyurtma asosida amalga oshirish huquqiga ega.
2.13. Elektr asboblari bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositalaridan (ShXV) foydalanish, elektr asboblari va boshqa elektr jihozlaridan foydalanish to‘xtatilganda, ularni elektr quvvatidan uzib qo‘yish kerak.
2.14. Ko‘rgazma stendlarini o‘rnatish va yig‘ish, qadoqlangan tara va elementlarni ochish bo‘yicha barcha ishlar ishtirokchi ijaraga olgan maydon doirasida amalga oshirilishi kerak, ko‘rgazma stendlari orasidagi o‘tish joylari yuk tarasi, qadoqlash, qurilish materiallari, konstruksiya, uskunalar va eksponatlardan xoli bo‘lishi kerak.
Yukdan bo‘shatilgan taralar (qutilar, paddonlar, palletlar va boshqalar) darhol «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ pavilonlari hududidan tashqariga yoki saqlash uchun tegishli to‘lovni amalga oshirib, vaqtincha saqlash omboriga olib chiqilishi kerak.
2.15. Yuk tarasi va ko‘rgazma mulkini ochish paytida hosil bo‘lgan, kichik qurilish va ko‘rgazma chiqindilarini, quruvchi ko‘rgazma zallarining transport eshiklari orqasidagi maxsus ajratilgan joylarga (konteynerlarga) olib chiqishi shart.
Yog‘och, plastmassa (DSP, DVP, orgalit, plastik) va boshqa shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan yuk taralari va boshqa katta hajmdagi qadoqlarni, quruvchi ko‘rgazmani montaj va demontaj qilish uchun belgilangan vaqtda «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududidan tashqariga olib chiqib ketishi kerak.
2.16. Quruvchiga quyidagilar ta’qiqlanadi:
- «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ bilan kelishmasdan turib, yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun avtotransportning ko‘rgazma zaliga kirishi;
- statsionar elektr panellari, texnologik lyuklar, yong‘in shkaflari va boshqa muhandislik uskunalari o‘rnatilgan joylarda qurilish konstrukutsiyalarini montaj qilish;
- yog‘ochni qayta ishlash uskunalarini ko‘rgazma zallariga olib kirish va ular orqali arralash, tekislash va boshqa duradgorlik ishlarini bajarish;
- ko‘rgazma stendining tarkibiy qismlarini qurish bilan bog‘liq payvandlash, arralash, silliqlash, bo‘yash, metallni kesish uskunasi va burchak-silliqlash mashinalari (bolgarka) bilan ishlov berish, shuningdek, pavilon va ko‘rgazma maydonlari ichida har qanday yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarish;
- pavilonlarga bosimli idishlarni, shuningdek, tez yonuvchan, zaharli moddalar va materiallarni olib kirish;
- o‘rnatilayotgan ko‘rgazma stendining konstruksiyalarini to‘liq bo‘yash bilan bog‘liq bo‘yoq ishlarini bajarish;
- ko‘rgazma pavilonlarining pollari, devorlari va ustunlariga bo‘yoq, lak, yelim yoki boshqa olib tashlanishi qiyin bo‘lgan qoplamani qo‘llash;
- pavilon va ko‘rgazma maydonlari pol qoplamalarida, devorlarida, ustunlarida turli xil teshik teshish ishlarini amalga oshirish;
- ko‘rgazma pavilonining ship metall konstruksiyasiga ko‘rgazma stendi konstruksiyalari va reklama vositalarini osib qo‘yish;
- yuklarni tashish ishlarida polga to’shalgan gilam qoplamasi ustidan yuk tashish moslamasini haydab o‘tish yoki bosib o‘tish;
- ko‘rgazma stendini montaj qilish maydonida zaruratsiz qoldirish;
- ko‘rgazma stendining o‘rnatish maydonidan tashqarida materiallar, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa shaxsiy buyumlarni joylashtirish va saqlash;
- qurilish-montaj ishlari, dam olish va ovqatlanish vaqtida boshqa quruvchilarning stendlaridan va ko‘rgazma ishtirokchilariga olib kelingan mebel va jihozlardan foydalanish;
- ko‘rgazma mebellari va jihozlarini ko‘rgazma stendining o‘rnatish maydonidan tashqariga olib chiqish;
- ko‘rgazma zalining devorlariga, ustunlariga, derazalariga va eshiklariga har qanday qurilish konstruksiyalari va materiallarini suyab qo‘yish;
- ma’lumot belgilarini devorlarga, oynalarga, ustunlarga, ko‘rgazma zalining poliga, yong‘in shkaflariga va zalning boshqa ichki elementlariga yopishtirish va joylashtirish;
- «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududidagi ochiq maydonlari va pavilonlarining mramor, kafel, beton, asfalt va bruschatkali pol qoplamalariga zarar yetkazish;
- stendlarini qurish vaqtida gipsokarton mahsulotlardan foydalanish ta’qiqlanadi;
- stendlarni demontaj qilishda stend konstruksiyalarini polga ag‘darish va stendning alohida elementlarini yuqoridan yerga tashlab yuborish;
- stend yuza qismini yuvish uchun benzin, kerosin, nitro erituvchilar va boshqa tez yonadigan aralashmalardan foydalanish;
- spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar ta’siri ostida mast holatda bo‘lgan quruvchining xodimlariga montaj yoki demontaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.
2.17. Quruvchi, to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ inventarlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
2.18. Standart stendlarni badiiy bezashda quruvchi ko‘rgazma uskunalarida yelim yoki ifloslanish izlarini qoldirmaydigan yuqori sifatli orakal (o‘z-o‘zidan yopishqoq plyonka) dan foydalanishi kerak.
2.19. Ko‘rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini demontaj qilish faqat ko‘rgazma tugagandan so‘ng boshlanishi mumkin va har kuni demontaj muddatining oxirgi kunigacha soat 18.00 dan oldin ko‘rgazmani demontaj qilish ishlari tugatilishi yoki demontaj muddatini 18.00 dan kechiktirmasdan uzaytirishga ruxsat olinishi kerak, agar ushbu ko‘rgazma uchun demontajni tugatish vaqti maxsus belgilanmagan bo‘lsa.
2.20. Quruvchi «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududiga stend elementlarini o‘rnatishni boshlash uchun kelishilgan muddatlarda olib kirish va demontaj qilishning bir kunidan kechiktirmay olib chiqish, shuningdek, taqdim etilgan ko‘rgazma maydonlarini belgilangan muddatlarda bo‘shatib qo‘yish va dastlabki holatiga keltirish majburiyatini oladi.
- 21. Ko‘rgazma stendlarining barcha ko‘rgazma mol-mulki, badiiy bezaklari, jihozlari va konstruksiyalari (materiallar, uzellar, detallar) demontaj muddati tugagunga qadar «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ xududidan tashqariga olib chiqilishi kerak.
- 22. Quruvchi, demontaj ishlarini yakunlaganidan so‘ng, ko‘rgazma stendi uchun taqdim etilgan maydonni qurilish chiqindilari, axlat, pol qoplamalari, yopishqoq lenta, dog‘ va yelimdan tozalashi lozim.
3. Elektrotexnik ishlarni bajarish uchun qo‘yilgan talablar
3.1. Ko‘rgazma ishtirokchilarining stendlarida elektr ishlarini bajarish uchun faqat tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan tashkilotlar ishga qo‘yiladi.
Elektr xodimlariga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan va elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malakaga ega bo‘lgan shaxslarga ko‘rgazma stendlarida elektromontaj ishlarini bajarish va elektr jihozlariga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat beriladi.
3.2. Barcha elektromontaj ishlari Elektr energetikasi nazorati davlat agentligi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tasdiqlangan (2004 yil 13 fevraldagi 84-son) "Elektr inshootlarini qurish qoidalari", iste’molchilarning elektr inshootlarini ishlatish paytida texnika xavfsizligi qoidalari (2004 yil 2 avgustdagi 271-son) va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
3.3. Elektromontaj ishlari eksponent tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazma stendining reja-sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi, unda elektr ta’minoti uskunalari va yoritgichlarining joylashishi, elektr ta’minoti kuchlanishi, uskunaning har bir birligi uchun yuklarning maksimal quvvati, elektr jihozlarining elektr ta’minoti manbalariga ulanish nuqtalari ko‘rsatilishi kerak.
3.4. Xodimlar elektromontaj ishlariga qabul qilingan paytdan boshlab xodimlarning texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishini nazorat qilish quruvchining mas’ul shaxsiga yuklanadi.
3.5. Tok o‘tkazuvchi uchastkalardagi (yoki ularga yaqin bo‘lgan) barcha elektromontaj ishlari faqat elektr quvvatini uzib qo‘ygan holda amalga oshirilishi kerak.
3.6. Elektr tarmoqlarini ochiq yotqizishda, agar ularning mexanik shikastlanish xavfi bo‘lmasa, yonmaydigan qobiqli kabellardan foydalanish kerak.
3.7. Ochiq joylarda va odamlar o‘tadigan joylarda kabel maxsus traplar bilan yopilishi kerak.
3.8. Himoyalanmagan elektr simlarini yotqizish va yonadigan konstruksiyalarga yoritish moslamalarini o‘rnatish ta’qiqlanadi.
3.9. Simlar va kabellarning barcha ulanishlari va tarmoqlari faqat maxsus qisqichlar va ulagichlar bilan amalga oshirilishi kerak, simlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash orqali elektr qabul qiluvchilarni elektr tarmog‘iga ulash ta’qiqlanadi.
3.10. Ekspozitsiya stendining 380/220v (guruh elektr paneli) kirish qurilmasiga ulanadigan quvvat kabeli to‘rt simli bo‘lishi kerak va bir fazali elektr tarmog‘iga ulanadigani, ikki simli bo‘lishi kerak.
3.11. Stendning metall konstruksiyalari "Elektr inshootlarini qurish qoidalari" talablarga muvofiq yerga ulanishi kerak.
3.12. Ko‘chma yoki tashuvchan tok qabul qiluvchilarni ulash uchun egiluvchan simlar, kabellardan foydalanish va ularni mexanik shikastlanishdan himoya qilish zarur.
3.13. Har bir stend HO’M (himoya o‘chirish moslamasi) bo‘lgan guruh elektr paneli bilan jihozlangan - YIQQ talablariga muvofiq va yoritish tarmog‘i va texnologik uskunalarning elektr ta’minoti tarmog‘i shuningdek, kun bo‘yi elektr ta’minoti kuchlanishini ta’minlash kerak bo‘lgan uskunalar (muzlatgichlar, fakslar va boshqalar) tarmog‘i, tegishli hisoblar asosida kuchlanishlarni haddan tashqari oqimlar va yuqori kuchlanishdan himoya qiluvchi alohida qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
3.14. Elektr quvvatni taqsimlash va kirish qurilmalariga erkin kirish yo‘lini ta’minlash kerak.
3.15. Stendlarni yoritish uchun yong‘inga xavfli xonalarga o‘rnatishga mo‘ljallangan elektr yoritgichlardan (svetilnik) foydalanish kerak. Organik shisha, polistirol va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlangan yoritgichlarning yorug‘ligini tarqatish moslamasidan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
3.16. Elektr montaj ishlari tugagandan so‘ng, quruvchining mas’ul shaxsi elektr ishlarini bajarish sifatini tekshiradi va «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ elektr montyori bilan birgalikda reja-sxemaga muvofiq elektr ta’minoti manbaasiga ulash ishlari amalga oshiradi.
3.17. Ko‘rgazma tugagandan so‘ng elektr ta’minoti manbaasidan uzish «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ elektrotexnika xodimlari tomonidan elektr jihozlarini demontaj qilish uchun mas’ul shaxsning buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi.
3.18. Stend elektr jihozlarini tegishli elektr manbaidan o‘chirish va demontaj qilish ishlari montajni amalga oshirgan xodimlar tomonidan bajariladi.
3.19. Elektrotexnika ishlari (stendlar va ko‘rgazmalarni quvvat manbalariga ulash), siqilgan havo bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar, shuningdek, barcha santexnika ishlari faqat «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
3.20. Quruvchi stendlarni montaj (demontaj) qilish ishlarida elektr asboblarini quvvat manbaiga ulash uchun ko‘rgazma pavilonlarining perimetri bo‘ylab joylashgan statsionar elektr rozetkalaridan (220 V 16 A) foydalanadi.
3.21. Elektr dvigatellar, boshqaruv moslamalari, tartibga solish va ishga tushirish, nazorat, o‘lchash va himoya qilish uskunalari, yordamchi uskunalar va simlar "Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari"ga muvofiq zonalar sinfiga mos keladigan va himoya darajasiga, shuningdek, qisqa tutashuv va yuqori kuchlanishdan himoya qilish moslamalariga ega bo‘lishi kerak.
3.22. Elektr qurilmalarini ishlatishda quyidagilar ta’qiqlanadi:
- ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalariga (ko‘rsatmalariga) mos kelmaydigan yoki yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar mavjud bo‘lgan elektr moslamalari va qurilmalaridan foydalanish, shuningdek izolyatsiyasi shikastlangan yoki himoya xususiyatlarini yo‘qotgan simlar va kabellarni ishlatish, burmalangan simlardan foydalanish;
- Yonuvchan yuzaga rozetkalar, avtomatlar, o‘chirgichlar, rubilniklar va shu kabi qurilmalarni o‘rnatish;
4. Qo‘shimcha shartlar
4.1. Quruvchi «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ mol-mulki va boshqa eksponentlarga shikast yetkazgan taqdirda, to‘liq moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
4.2. Agar yuqorida ko‘rsatilgan yoki mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi elementar qoidalariga rioya qilinmasa, «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ (tashkilotchilar bilan oldindan kelishilgan holda) montaj ishlarini qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turish huquqiga ega.
4.3. «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ mas’ul xodimlari tomonidan ko‘rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini qurish bo‘yicha kelishilgan loyihalar bo‘yicha yong‘in xavfsizligi normalaridan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda, bu haqida quruvchining vakilini xabardor qiladi va og‘ishlarni bartaraf etish bo‘yicha dalolatnoma va ko‘rsatmalar tayyorlashda ishtirok etadi.
4.4. Quruvchi «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ quruvchining bevosita aybi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha yo‘qotishlarni qoplash majburiyatini oladi.
4.5. Quruvchi «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ ning yozma roziligisiz ishlab chiquvchining huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi.
4.6. Quruvchidan yopiq jihozlanmagan ko‘rgazma maydoniga buyurtma bergan ishtirokchilar «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ bilan kelishmasdan individual stendlarning elementlari sifatida standart ko‘rgazma uskunalaridan ("Oktanorm" va "Maxima"turlari) foydalanishga haqli emas.
4.7. Quruvchi ijaraga olgan stend jixozlarini toza holda (yopishqoq orakal, stiker, skochdan tozalangan holda) topshirishni o‘z zimmasiga oladi.
4.8. Quruvchi ko‘rgazma maydonlaridan, «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ mol-mulkidan noto‘g‘ri foydalanganligi uchun javobgardir va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
4.9. Quruvchilar tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan qoidalar, mehnat muxofazasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilgan taqdirda, «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ tomonidan qoidabuzarliklarni ko‘rsatuvchi dalolatnoma tuziladi. "Qoidabuzarliklar to‘g‘risida"gi dalolatnoma asosida quruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinadi, shuningdek, quruvchi "qora ro‘yxat"ga kiritiladi, unga ko‘ra quruvchi «O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududida 3 (uch) yil ichida qurilish ishlarini amalga oshirish huquqini yuqotadi.
Muhim!!!
Ko‘rgazma stendlarini montaj/demontaj qilish kunlari ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 gacha belgilangan.
Ko‘rgazma ochilish kunidan oldingi kuni (kirish kuni) ish vaqti soat 09:00 dan 21:00 gacha belgilangan.
Agar quruvchi belgilangan muddatdan o’tib xam montaj/demontaj ishlarini bajarishi kerak bo‘lsa, u «O‘zekspomarkaz» MKK» AJning tasdiqlangan standartlariga muvofiq qo‘shimcha muddat ishlashi uchun to‘lovni amalga oshirishi lozim.
«O‘zekspomarkaz» MKK» AJ hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki yong‘in xavfsizligi va texnika xavfsizligi qoidalari talablari bilan bog‘liq savollar bo‘lsa murojaat qiling:
Favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul – Taxir Sarimsakov
Telefon: +998 97 4013282
Texnika xavfsizligi bo‘yicha mas’ul – Asommidin Irmetov
Telefon: +998 93 3902265
Ko‘rgazmalar va ko‘rgazma xizmati bo‘limi: Telefon +998 71 2385600
Ko‘rgazma nomi: _________________________________________________________________
Quruvchi kompaniya: ______________________________________________________________
Xodimlar ro‘yxati:
|
№ |
F.I.Sh. |
Pasport seriyasi va raqami |
№ |
F.I.Sh. |
Pasport seriyasi va raqami |
|
1 |
6 |
||||
|
2 |
7 |
||||
|
3 |
8 |
||||
|
4 |
9 |
||||
|
5 |
10 |
Kompaniya stendi: _______________________________________________________________
Mas’ul shaxs__________________________________________________________________
F.I.Sh
Yuqoridagi talablarni o‘qib chiqdim va ularga rioya qilishga roziman __________________
imzo
Tel. ______________________________
Kirish sanasi: ____________________ 2026 y.
Sana: ____________________ 2026 y.