Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Yanvar 2026

FIFA Trophy Tour by Coca-Cola

2026-yil 28-yanvar kuni “O`zekspomarkaz” MKK” AJda FIFA Trophy Tour by Coca-Cola global turi doirasida FIFA futbol bo’yicha Jahon chempionati asl Kubogining namoyishi bo`lib o`tmoqda. Tur FIFAning asosiy homiysi va rasmiy hamkori Coca-Cola tomonidan tashkil etilgan bo`lib, futbol muxlislariga afsonaviy Kubokni jonli ravishda ko’rish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.

Kubok bilan birga Toshkentga Italiya terma jamoasi safida 2006-yili jahon chempioni bo‘lgan afsonaviy futbolchi Marko Materazzi ham tashrif buyurdi. U O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan rasmiy taqdimot doirasida asl Kubokga hamrohlik qilmoqda.

Tadbirning sharafli mehmonlari sifatida O’zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi birinchi rais o’rinbosari Otabek Umarov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi rais o‘rinbosari Ravshan Ermatov, “Coca-Cola”ning O‘zbekistondagi bosh direktori Kazumasa Mukae hamda “Coca-Cola İçecek” bosh direktori Furkan Aydin ishtirok etdilar. 

Kubokning O’zbekistonga tashrifi alohida ramziy ahamiyatga ega. Chunki, mamlakat terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA 2026 Jahon chempionatiga yo’llanma oldi.  

Tadbir “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi” ko‘magida tashkil etilmoqda.

99 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech