2025 yil 4–6 noyabr kunlari «O’zekspomarkaz» MKK AJ hududdida sog’liqni saqlash sohasidagi muhim tadbir hisoblangan “UzMedExpo-2025” 17- Xalqaro tibbiyot ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda.
 Ko’rgazma O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun strategik platforma bo’lib xizmat qiladi.
Ko’rgazmada turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etib, tibbiy jihozlar, farmasevtika, stomatologiya, axborot texnologiyalari hamda tibbiy turizm sohalaridagi turli yechimlarni taqdim etadilar.
“UzMedExpo-2025” O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va boshqa sohaviy tashkilotlar ko’magida o’tkaziladi. Bu esa zamonaviy texnologiyalarni namoyish etish va tajriba almashish uchun imkoniyat yaratib, maxalliy tibbiyotni yanada rivojlantirishga hissa qo’shadi.
Ko’rgazma tashkilotchisi: International Expo Group