2026-yil 1–3-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJda 25-yubiley xalqaro “Oziq-ovqat mahsulotlari va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2026” hamda 26-xalqaro “Qadoqlash. Uskunalar va xomashyolar – O’ZuPACK 2026” ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.
Ekspozitsiyalar 1, 2, 3, 4, 5 - sonli pavilyonlar, shuningdek, Atrium 1 va 2 zallari. Ko`rgazmada 26 ta davlatdan 500 dan ortiq kompaniya - Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus Respublikasi, Bolgariya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Litva, Malayziya, Mongoliya, Niderlandiya, BAA, Polsha, Rossiya, AQSh, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya va Chexiya ishtirok etmoqda.
Bu yilgi ko‘rgazmaning yangi ishtirokchi davlati — Mongoliya.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonda noyob biznes maydoni bo`lgan “Riteyl-markazi” bu yil yangi — “Tarmoqlar xaridlari markazi” formatida tashkil etilib, oziq-ovqat yetkazib beruvchilar va ulgurji xaridorlar o‘rtasida bevosita muzokaralar o‘tkazish imkonini beradi. Mazkur markaz 1–2-aprel kunlari 2-konferensiya zalida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, ishbilarmonlik dasturi doirasida seminarlar, ishtirokchilar tomonidan mahorat darslari (“Har kuni — baliq kuni”), yangi uskunalar taqdimotlari va soha tadbirlari o‘tkaziladi.
Ko‘rgazmaning yorqin voqealaridan biri — “AQSh Go‘sht eksporti federatsiyasi” (USMEF) hamda “The Thermoplan UZ” kompaniyasi tomonidan ochiq maydonda go‘sht qovurish bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o`tadi.
Ko‘rgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.