Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Oktyabr 2025

"Uzbek Import Fair 2025" – Mahalliy kontentni oshirish va importni optimallashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro ko‘rgazma o‘z ishini boshladi

2025-yil 7–9 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJning 3-4-sonli pavilonlarida bo‘lib o‘tayotgan “Uzbek Import Fair 2025” birinchi xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.

Ko‘rgazmaning asosiy mavzusi — “Mahalliy kontentni oshirish va importni optimallashtirish” bo‘lib, u davlat idoralari, xususiy sektor va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduhakimovich Xodjayev, shuningdek Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, bojxona xizmati general-mayori Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Buranovich Umurzoqov, boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaxslar ishtirok etdilar.

Ko‘rgazmada qo‘shni davlatlar delegatsiyalari hamda AQSH, Vengriya, Koreya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Slovakiya va Yaponiya kabi mamlakatlardan 30 ga yaqin xorijiy kompaniyalar vakillari qatnashmoqda.

Ko‘rgazma doirasida 24 ta tematik bo‘lim tashkil etilgan bo‘lib, ular oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik, mebel sanoati kabi asosiy sohalarni qamrab oladi. Tadbir davomida B2B uchrashuvlar, seminarlar va taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va investitsiyalarni jalb etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

23 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech