Joriy yil 15–19 dekabr kunlari «O‘zexpomarkaz» MKK AJning barcha pavilonlari va ochiq maydonlarida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.
Yarmarkada kon-metallurgiya tarmog‘i, zargarlik mahsulotlari, neft-gaz va kimyo sanoati, elektroenergetika, farmatsevtika, charm-poyabzal, to‘qimachilik va yengil sanoat, turizm, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati, mebel ishlab chiqarish, elektrotexnika va avtomobilsozlik sohalari korxonalarining mahsulot va xizmatlari namoyish etiladi.
Yarmarka ekspozitsiyasi yopiq va ochiq maydonlarda joylashgan.
Yarmarka tashkilotchilari:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahri hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi.