Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Mart 2023

«Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood 2023» 22 - xalqaro ko‘rgazmasi

Joriy yilning 28- 30 mart kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMning 1, 2, 3 pavilyonlarida va «Atrium 2» zalida «Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari - UzFood» xalqaro ko‘rgazmasi 22-marotaba o‘z ekspozitsiyasini namoyish etadi.
Tashkilotchilar - Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Umuman olganda, UzFood 2023 ko‘rgazmasida rekord miqdordagi ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etadilar - 26 mamlakatdan 280 dan ortiq kompaniyalar: Avstriya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus Respublikasi, Bolgariya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Litva, Malayziya, Niderlandlar, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, AQSH, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya, Shri-Lanka. Ishtirokchilar soni bo‘yicha UzFood 2023 o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan bir yarim baravar oshdi; ekspozitsiya maydoni 60 foizdan oshdi. Doimiy ishtirokchilar eksponentlar umumiy sonining 60 foizini, 40 foizi debyutantlarni tashkil etadi.
Shuningdek, ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi, “Bobst” va “BHS” kompaniyalari tomonidan seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

1017 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech