Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 May 2025

“Mould Central Asia”, “Plast Central Asia”, “International Commodity Fair Tashkent” Xalqaro ko’rgazmasi

2025-yil 21–23-may kunlari “O’zekspomarkaz” MKK” AJning 1- va 2-sonli pavilonlarida “Mould Central Asia”, “Plast Central Asia” va “International Commodity Fair Tashkent” xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Janubiy Koreya, Germaniya va Italiyadan 150 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalar hamda 10 dan ortiq sanoat ekspertlari va brendlar qatnashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 15 dan ortiq sanoat va savdo sohalari vakillari ishtiroki kutilmoqda.

Ko‘rgazmada quyidagilar namoyish etiladi: press-formalar, shtamplar, texnologik moslamalar va maxsus asbob-uskunalar, texnologik va mexanik ishlov berish, muhandislik yechimlari va kompleks ishlab chiqarish xizmatlari yetkazib beruvchilari, texnik xizmat ko‘rsatish, termoplastlar, reaktoplastlar, kauchuklar, kompozit materiallar, shuningdek, ish holatidagi uskunalar: ekstruziya, bosim ostida quyish, puflatish, avtomatlashtirish, dasturiy ta'minot va boshqaruv tizimlari, kontrakt asosida ishlab chiqarish, qadoqlash, avtomobil ehtiyot qismlari, tibbiy buyumlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsad va vazifasi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, O‘zbekistonning asbob-uskunalar ishlab chiqarish  va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro tajriba almashinuvi va biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

Ko‘rgazmalar tashkilotchisi — BMCA (Business Media Central Asia) kompaniyasi.

275 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech