Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Oktyabr 2026

“UzEnergyExpo-2026” va “UzStroyExpo-2026” Xalqaro ko`rgazmalari

Joriy yilning 20 – 22 oktyabr kunlari “O`zekspomarkaz” MKK AJning hududida qurilish va energetika sanoati vakillarini birlashtiruvchi “UzEnergyExpo-2026” va “UzStroyExpo-2026” ko`rgazmalari bo`lib o`tmoqda.

Ushbu ko`rgazmalarda dunyoning 12 ta davlatidan 150 ga yaqin kompaniya va brendlar ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalar, jihozlar va innovatsion yechimlarni namoyish etmoqda. 

“UzEnergyExpo – 2026” ko‘rgazmasida energetika sohasidagi innovatsion texnologiyalar, jumladan, muqobil energiya manbalari, elektrotexnika uskunalari, avtomatlashtirish tizimlari, zamonaviy ishlanmalar tashrif buyuruvchilarga taqdim etiladi.

“UzStroyExpo-2026” da qurilish tarmog‘idagi zamonaviy texnologik yechimlar va qurilish materiallari va uskunalari, maxsus texnikalar, shuningdek, muhandislik tizimidagi so`nggi yangiliklar namoyish etiladi.

Mazkur ko`rgazmalar energetika va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan tajriba almashish, yangi hamkorlar bilan aloqalar o`rnatish imkonini beradi.

Ko`rgazma tashkilotchisi – International Expo Group kompaniyasi

25 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech