Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Oktyabr 2025

“UzEnergyExpo-2025” va “UzStroyExpo-2025” xalqaro ko’rgazmalari

2025-yil 21–23-oktyabr kunlari “O’zekspomarkaz” MKK” AJning hududida “UzEnergyExpo-2025” va “UzStroyExpo-2025” xalqaro ko’rgazmalari bo’lib o’tmoqda. Tadbir 1 va 2-pavilonlarda, Atrium 1 zalida, hamda ochiq maydonlarda tashkil etiladi.

Ko’rgazmalarda O’zbekiston, Belarus, Italiya, Indoneziya va boshqa davlatlarni o’z ichiga olgan 12 ta mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda.

“UzEnergyExpo-2025” ko’rgazmasida energetika sohasidagi innovatsiyalar — muqobil energiya manbalari, elektr texnikasi va avtomatlashtirish texnologiyalari namoyish etiladi.

“UzStroyExpo-2025” esa qurilish texnologiyalari va materiallari, maxsus texnika hamda muhandislik kommunikatsiyalari sohasidagi eng so’nggi yangiliklarni taqdim etadi.

Mazkur tadbir ishlab chiqaruvchilar, loyihalovchilar va xalqaro hamkorlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni mustahkamlash uchun muhim platforma bo’lib xizmat qiladi.

Ko’rgazma tashkilotchisi — International Expo Group.

89 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech