Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 May 2025

“Inson uchun” 2- Respublika Savdo Ko‘rgazmasi

2025-yil 1–2-may kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJda “Inson uchun” 2- Respublika Savdo Ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, savdoni kengaytirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat bozoridagi ulushini oshirishdan iborat.

Ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va tovarlar namoyish etilmoqda.
Ishtirokchilar soni 300 nafardan ortiq bo‘lib, ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va hunarmandlardir.

Ko‘rgazmada keng turdagi xalq iste’mol mollari taqdim etilgan: uy, ofis, maktab va tibbiyot muassasalari uchun mo‘ljallangan mebel, maxsus kiyim-bosh, to‘qimachilik mahsulotlari, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika, sport buyumlari, bosma mahsulotlar, shuningdek, xalq amaliy san’ati buyumlari: do‘ppilar, kamzullar, choponlar, sumkalar va boshqalar.
“Inson uchun” Respublika ko‘rgazmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini targ‘ib qilish va kelajakda xalqaro bozorga chiqishlariga xizmat qiladi.

27 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech