2025-yil 30-sentabrdan 2-oktabrgacha «O’zekspomarkaz» MKK” Ajning 1-2-sonli pavilonlarida xalqaro “Zira Fest” gastrofestivali bo‘lib o‘tmoqda.
Bu tadbir gastronomiya sohasidagi yetakchi brendlar — Jowi, OzTi Inoksan, Simonelli va yana 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi. Festival taomlar yo’nalishida biznes aloqalarni o‘rnatish uchun muhim maydonga aylanadi.
Festival doirasida sizni 30-50 ta do‘kondan iborat gastronomik yarmarka, ochiq maydondagi taomlar furgoni, ko’ngilochar shoular va konsertlar, Italiya va MDH mamlakatlaridan mashhur oshpazlarning mahorat darslari, bundan tashqari baristalar chempionati, Rossiya va O‘zbekistonning yetakchi restoran biznesi mutaxassislari ishtirokidagi forum bo‘lib o‘tadi.
Barcha oshpazlik ixlosmandlari, restoran egalari va tadbirkorlarni “Zira Fest” festivaliga taklif etamiz!
Ko`rgazma tashkilotchisi: “Expo Today” kompaniyasi