Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Yanvar 2023

Xalqaro yashil haftaligi 2023 (International Green Week (IGW)

2023-yilning 20-29-yanvar kunlari Berlin shahrida (Germaniya) “Xalqaro yashil haftaligi (IGW)”  o’tqazilmoqda.Haftalik doirasida qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik va xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi tashkil etilgan.Ushbu haftalikda  respublikamiz 240 kvadrat metr maydonida joylashtirilgan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” deb nomlangan stendi bilan ishtirok etmoqda.
          O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorlarning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda. Jumladan: 227 turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari – yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, qayta ishlangan sut va go‘sht mahsulotlari, yog‘ va yog‘ mahsulotlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, un va un mahsulotlari, margarin mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik oshpazlar har kuni milliy taomlarni (sho‘rva, somsa, non va boshqalar) tayyorlab, ko‘rgazma mehmonlarini siylashadi.
       O‘zbekiston tadbirkorlari “Yashil haftalik”da boshqa davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida ishtirok etib, turli mahsulotlarni import va eksport qilish bo‘yicha shartnoma va bitimlar tuzishga tayyor. O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni kengaytirishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zekspomarkaz” MKK hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi milliy stendi tashkil etildi.

 

 

900 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech