Joriy yilning 13–15-may kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKK” AJda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatiga bag‘ishlangan 26-xalqaro ko‘rgazma — “TextileExpo Uzbekistan 2026” bo‘lib o‘tmoqda.
“TextileExpo Uzbekistan 2026” tikuvchilik sanoati uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi materiallarni qamrab oladi: ip-kalava, matolar, kiyim-kechak, trikotaj mahsulotlari, texnik va uy tekstili, paypoq mahsulotlari, furnitura hamda aksessuarlar.
Ushbu ko‘rgazmada Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya, Oʻzbekiston va boshqa davlatlardan 170 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaning o‘ziga xos qismi an’anaviy Bayerlar dasturi bo‘ladi. Ushbu dastur maqsadli B2B uchrashuvlarini o‘tkazish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport shartnomalarini tuzish uchun samarali platforma hisoblanadi.
Ko‘rgazma tashkilotchilari — Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.