Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Aprel 2026

«WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2026» 22-Xalqaro ko‘rgazmasi

  2026-yil 28–30-aprel kunlari «O‘zekspomarkaz» MKK AJ hududida mebel va yog‘ochni qayta ishlash sanoatining muhim tadbiri — «WoodTech & MebelExpo Uzbekistan 2026» 22-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

  Ko‘rgazmada 13 ta davlatdan 127 ta kompaniya, jumladan, yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilari hamda milliy ekspozitsiyalar ishtirok etmoqda. Xorijiy qatnashchilar umumiy ekspozitsiyaning 70 foizdan ortig‘ini tashkil etib, bu O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan yuqori xalqaro qiziqish va uning ortib borayotgan investitsiyaviy salohiyatini tasdiqlaydi.

  Ekspozitsiya sohaning barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan: yog‘ochni qayta ishlash uskunalari va texnologiyalaridan tortib, mebel uchun butlovchi qismlar, kimyo mahsulotlari hamda tayyor interyer yechimlarigacha. Shuningdek, innovatsiyalar, zamonaviy materiallar va sun’iy intellektni ishlab chiqarishga joriy etish kabi raqamli texnologiyalarga alohida e’tibor qaratilgan.

  Ilk bor ko‘rgazma xalqaro ekspertlar, arxitektorlar va ishlab chiqaruvchilar ishtirokidagi keng ko‘lamli biznes dasturi bilan birga o‘tkazilmoqda. Bu esa uning tajriba almashish va biznesni rivojlantirish uchun professional platforma sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.

  Ko‘rgazmani o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent shahar hokimligi rasmiy ko‘mak ko‘rsatdi.

  «O‘zekspomarkaz» MKK AJ O‘zbekistondagi yetakchi ko‘rgazma maydoni sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlab, sanoat rivojiga hissa qo‘shish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarni milliy hamda xalqaro darajada ilgari surishda muhim o‘rin tutmoqda.

Ko`rgazma tashkilotchisi “Iteca Exhibitions” kompaniyasi.

21 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech