Ру Ўз O'z En

Ko‘rgazmalar rejasi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi

03 Dekabr - 06 Dekabr 2026

“O‘zekspomarkaz” MKK AJ pavilon № 1, 2, Atrium 1

O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi

2026-yil 3–6-dekabr kunlari Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi (FIE Senior Epee World Cup) bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalar «O‘zekspomarkaz» MKM AJ ko‘rgazmalar majmuasining 1-, 2-pavilonlari va 1-Atriumida tashkil etiladi.

Nufuzli xalqaro musobaqada dunyoning 38 davlatidan 310 nafar sportchi ishtirok etadi. Unda dunyoning kuchli qilichbozlari g‘oliblik medallari hamda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) reytingi uchun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritish uchun bahs olib boradilar.

Musobaqa dasturidan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi shaxsiy hamda jamoaviy bahslar o‘rin olgan.

Jahon kubogi bosqichining Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekiston sport hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘lib, qilichbozlik sport turini ommalashtirish va xalqaro sport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Musobaqa mahalliy muxlislarga dunyoning yetakchi sportchilari chiqishlarini bevosita kuzatish imkonini beradi hamda O‘zbekistonning yirik xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish salohiyatini yana bir bor namoyon etadi.

 

Tashkilotchi: O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi
Tel.: +998 78 241-18-55

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech