Ру Ўз O'z En

Ko‘rgazmalar rejasi

14-Xalqaro «Isitish, ventilyatsiya, havoni isitish va sovutish, suv ta`minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2026" ko’rgazmasi

06 Oktyabr - 08 Oktyabr 2026

"O‘zekspomarkaz" MKK" AJ Pavilonlar № 1, 3, 4, Atrium 2

ITECA EXHIBITIONS

Aquatherm® Tashkent — O‘zbekistondagi HVAC texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar, yangi mahsulotlar va innovatsiyalarni namoyish etuvchi yagona ixtisoslashtirilgan tarmoq ko‘rgazmasidir. U ishlab chiqaruvchilar, dilerlar, distribyutorlar hamda sohaning yetakchi mutaxassislari uchun har yili o‘tkaziladigan uchrashuv maydonidir.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi.

Aquatherm® Tashkent nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlari bozorida ham mahsulotlarni ilgari surishning samarali vositasidir. Ko‘rgazmada ishtirok etish yangi mijozlarni jalb qilish, savdo hajmini oshirish hamda sotuv ko`lamini kengaytirish imkonini beradi.

Tashkilotchi: ITECA EXHIBITIONS
Tel.: +998 71 205 18 18
E-mail: post@iteca.uz
Veb-sayt: https://aquatherm-tashkent.uz

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech