Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Oktyabr 2022

"UzCharmExpo-2022" poyabzal va mo'yna 13-xalqaro ko'rgazmasi

Bugun 12 oktyabr' kuni “O‘zekspomarkaz” MKКning uchinchi va turtinchi pavilionlarida “UzCharmExpo-2022” 13-Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur nufuzli forum tashkilotchilaridir.
“UzCharmExpo-2022” Markaziy Osiyodagi charm-poyabzal va mo‘yna sanoatining eng yirik ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasidir. 13-xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish maqsadida 450 ga yaqin mahalliy va 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning 70 dan ortiq kompaniyalar 5 000 ga yaqin mahsulot namunalari bilan ishtirok etishmoqda. Ko‘rgazma 13 va 14 oktyabr' kunlari o‘z ishini davom etadi.

1326 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech