2026 yil 3-5 – iyun kunlari “O`zekspomarkaz” MKK” AJning oziq-ovqat sanoati, restoran va mehmonxona biznesi vakillarini jamlagan “FoodWeek&HoReCa Uzbekistan 2026” xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.
Ko`rgazmada O`zbekiston, Rossiya, Koreya Respublikasi va va Qozog`istondan 50 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ko`rgazmada oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, ishlab chiqarish uchun xomashyolar, qayta ishlash va qadoqlash uskunalari, shuningdek, HoReCa sohasi tadbirkorlari uchun zamonaviy texnologiyalarni namoyish etmoqda.
Mazkur ko‘rgazma biznes uchrashuvlar, muzokaralar, yangi hamkorlarni topish hamda ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va biznes vakillari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Tadbir 3-sonli pavilyon bo`lib o`tmoqda.
Ko‘rgazma tashkilotchisi — «Expo Position» kompaniyasi.