Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Oktyabr 2025

“Aquatherm Tashkent 2025” 13-Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi

2025-yil 7-9-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJning 1 va 2-sonli pavilonlarida “Aquatherm Tashkent 2025” 13-Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqdа. Ushbu tadbirda havoni isitish va sovutish, ventilyatsiya, suv ta’minoti, sanitariya texnikasi, basseynlar, ekologik texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va mutaxassislarni birlashtiradi.

Joriy yil ko‘rgazmada 13 davlatdan, jumladan, Ozarbayjon, Germaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, BAA, Polsha, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston va Chexiyadan 175 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining mintaqaviy stendlari jamoaviy ekspozitsiyalar doirasida namoyish etiladi.

“Aquatherm Tashkent 2025” ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi bevosita hamkorlik, yangi mahsulotlarning taqdimoti, tajriba almashinuvi va Markaziy Osiyo mintaqasida biznes aloqalarni kengaytirish uchun muhim platformaga aylanadi.

Ko‘rgazma tashkilotchisi – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va “ICA Eurasia Group”.

29 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech