2025 yil 11–13 noyabr kunlari “O’zekspomarkaz” MKK” AJning ko‘rgazma maydonlarida “Trans Logistica 2025” va “Securex Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda.
TransLogistica Uzbekistan – bu yetakchi xalqaro ixtisoslashgan ko’rgazma bo’lib, bir maydonda bozor yetakchilari va sanoatning xalqaro ekspertlarini birlashtiradi. Ko’rgazma logistika tizimlarini takomillashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, transport va logistika sohasida IT texnologiyalarini joriy etish, investitsiyalarni jalb etish hamda Markaziy Osiyo miqyosida yuk tashish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Securex Uzbekistan — bu xavfsizlik va yong‘inga qarshi muhofaza sohasidagi yirik ko‘rgazma bo‘lib, eng so‘nggi texnik vositalar va xavfsizlik yechimlarini namoyish etish uchun eng yaxshi biznes maydoni hisoblanadi. Shuningdek, bu davlat hokimiyati vakillari, qurolli kuchlar organlari, sanoat korxonalari, biznes va nodavlat xavfsizlik tuzilmalari vakillari o‘rtasida samarali muloqot uchun platforma hisoblanadi.
Ko’rgazmalarda 15 mamlakatdan 120 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi, jumladan: Shveytsariya, Hindiston, BAA, O’zbekiston, Germaniya, Avstriya, Xitoy, Turkiya, Latviya, Pokiston, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Belarus va boshqalar.
Ko’rgazmalar 1 va 2-sonli pavilonlarda bo’lib o’tmoqda. Shuningdek, tadbir doirasida seminarlar, uchrashuvlar, taqdimotlar va plenar sessiyalar o‘tkaziladi.