AO NVK «Uzexpocenter»da 2025 yil 26–28 noyabr kunlari 3-pavilonda «UzGlass, Doors, Windows & Aluminum Expo» Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
UzGlass — shisha sanoatining barcha zanjiriga bag‘ishlangan professional ko‘rgazma.
Doors, Windows & Aluminum Expo — eshiklar, oynalar, fasadlar, alyuminiy mahsulotlari va yassi shishaga yo‘naltirilgan ko‘rgazma.
ShadeTech — quyoshdan himoya tizimlari, avtomatik jalyuzilar, panjaralar, pergolalar va quyoshdan himoya yechimlariga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma.
Ko‘rgazmaning maqsadli auditoriyasi — butun Markaziy Osiyo bozori.
Bu shisha, eshik va oyna sanoatlari o‘zaro hamkorlik qilishi uchun ideal platforma bo‘lib, unda Markaziy Osiyoning barcha mintaqalaridan yetkazib beruvchilar va xaridorlar uchrashadilar.
Ko‘rgazma tashkilotchilari — AO NVK «Uzexpocenter» va «Y T International Enterprise Inc.» kompaniyasi.