Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Oktyabr 2026

Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent, Apparel Sourcing Tashkent 2026

12-14-oktabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKK AJda “Heimtextil Uzbekistan 2026, Texworld Tashkent 2026, Apparel Sourcing Tashkent 2026” xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazmalarda 6 ta mamlakatdan 200 ta kompaniya hamda 15 dan ortiq mamlakat vakili bo‘lgan 5000 nafar xalqaro xaridorlar ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada turli xil matolar, to‘qimachilik mahsulotlari, hamda ishlab chiqarish texnologiyalari taqdim etiladi. Joriy yilda ilk bor “Textile Machinery” alohida yo‘nalish sifatida to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati uchun mo‘ljallangan zamonaviy texnologiyalar namoyish etiladi.  

Xalqaro xaridorlar dasturi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy buyurtmachilar bilan uchrashish va yangi hamkorlar topish imkonini beradi. Shuningdek, “Made in Uzbekistan” milliy pavilyonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Tadbir Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida tashkil etildi.

Ko`rgazma tashkilotchisi — Markaziy Osiyoda Messe Frankfurt kompaniyasining rasmiy vakili Business Media Central Asia (BMCA) kompaniyasi.

97 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech