Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Oktyabr 2025

Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent, Apparel Sourcing Tashkent

2025-yil 14-oktabrdan 16-oktabrgacha “O’zekspomarkaz” MKK AJda uchta yirik ko‘rgazma – “Heimtextil Uzbekistan”, “Texworld Tashkent” “Apparel Sourcing Tashkent” o'z ishini boshladi. Ushbu tadbirda 30 ta mamlakatdan 300 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi. Ular orasida xalqaro savdo tarmoqlarining vakillari ham mavjud.

Ko’rgazmalar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: Uy va interyer uchun to‘qimachilik mahsulotlari, moda sohasiga mo‘ljallangan mato va ip-gazlama, tayyor kiyim-kechak va aksessuarlar, to‘qimachilik texnologiyalari va innovatsiyalar.

Tadbir doirasida maxsus B2B dasturi tashkil etiladi. Unda Yevropa, AQSh, Rossiya, MDH davlatlari va Yaqin Sharqdan kelgan xaridorlar bevosita ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashib, eksport shartnomalarini imzolash va xomashyo yetkazib berish imkoniyatini kengaytirishi kutilmoqda.

BMCA kompaniyasining rahbari Dilfuza Samandarova ushbu tadbir O’zbekiston to’qimachilik mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishda muhim rol o’ynashini ta’kidladi.

Dastur doirasida zamonaviy texnologiyalar va barqaror rivojlanish mavzularida panel muhokamalar va tematik sessiyalar ham o‘tkaziladi. To‘qimachilikdagi innovatsiyalar markazida bo‘ling! Tadbirga kirish barcha ishtirokchilar uchun bepul!

52 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech