Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Iyun 2025

BeautyExpo Uzbekistan 2025 va KinderExpo 2025

2025-yil 4-6 iyun kunlari «O’zekspomarkaz» MKK” AJda 19-chi Xalqaro go‘zallik sanoati ko‘rgazmasi — BeautyExpo Uzbekistan 2025 hamda onalar va bolalar mahsulotlariga bag‘ishlangan 9-chi ixtisoslashgan ko‘rgazma — KinderExpo 2025 bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar Expo Position kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda 14 mamlakatdan, jumladan O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya va boshqa davlatlardan 50 dan ortiq brendlar ishtirok etadi.

BeautyExpo Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasining asosiy yo‘nalishlari:

  • Kosmetika, teri va sochlarga parvarish mahsulotlari
  • Professional salon uskunalari
  • Parfyumeriya, SPA va atirlar
  • Dekorativ kosmetika, qadoqlash va xomashyo
  • Master-klasslar, seminarlar, so‘nggi trendlar va shou-dasturlar

KinderExpo 2025 ko‘rgazmasining asosiy yo‘nalishlari:

  • Kiyim-kechak, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlari
  • Mebel, kitoblar, sport anjomlari
  • Oila uchun xizmatlar, ta’lim va bo‘sh vaqtni o‘tkazish
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bo‘lajak onalar uchun mahsulotlar

Bu ikki ko‘rgazma soha mutaxassislari uchun tajriba almashish, biznes hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va sohadagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishish uchun qulay platforma bo‘ladi. Eksponatlar 3-pavilonda namoyish etiladi.

85 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech