Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Sentyabr 2026

18-Xalqaro ko`rgazma “UzMedExpo-2026” (Tibbiy asbob-uskunalar. Farmatsevtika. Stomatologiya. Xizmatlar)

2026-yil 15-17 sentabr kunlari “O`zekspomarkaz” MKK” AJda tibbiy asbob-uskunalar va farmatsevtika sohasiga bag`ishlangan “UzMedExpo-2026” 18-Xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Ko`rgazmada Xitoy, Koreya, Germaniya, Turkiya, Ukraina, Pokiston, Avstriya, Hindiston, O`zbekiston, Qozog`iston, Rossiya va boshqa davlatlardan qariyb 50 ta kompaniya ishtirok etmoqda.

Tadbirda shifoxona va klinikalar uchun tibbiy uskunalar, diagnostika, farmatsevtika, jarrohlik asbob-uskunalari va tikuv materiallari, reabilitatsiya, tibbiy xizmatlar kabi asosiy yo`nalishlar namoyish etilgan. Shuningdek, “Go‘zallik va salomatlik” yo‘nalishi alohida bo`lim sifatida taqdim etilgan.

Ko‘rgazma tashkilotchisi — “International Expo Group” MChJ.

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech