Buyruqning 3-ilovasi
“O‘zekspomarkaz” MKK” AJ
Boshqaruv raisi
№ - 04/03/2023-yildagi 23/1-ICh
“TASHKENTLEND” BOLALAR BOG’IGA TASHRIF BUYURISH QOIDALARI
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 107-uy, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi” Aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ) manzilida joylashgan “Tashkentlend” bolalar bog‘i (keyingi o‘rinlarda – istirohat bog‘i) ko‘p funksiyali o‘yingoh bog’i. Attraksionlar ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va xavfsiz bo‘lib, ulardan to‘g‘ri foydalanish inson hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirmaydi.
- Istirohat bog’ga tashrif buyurish qoidalari
1.1. Mazkur Bog’ga tashrif buyurish qoidalari (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) bog‘ hududiga tashrif buyurish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
1.2. Ushbu Qoidalarda belgilangan talablar barcha tashrif buyuruvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Har bir tashrif buyuruvchi park hududiga kirishdan oldin mazkur Qoidalar bilan tanishib chiqishi shart. Istirohat bog’ hududiga kirgan har bir shaxs avtomatik ravishda Qoidalar bilan tanishganligini va ularga so’zsiz rioya etish majburiyatini olganligini tasdiqlaydi.
1.3. Qoidalarga rioya etish bog’ hududida bo‘lishni xavfsiz va maroqli o‘tishini ta’minlaydi. Mazkur Qoidalar bog’ kirish eshiklari yaqinida joylashtirilgan axborot stendlarida va “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ rasmiy veb-saytida e’lon qilingan. Attraksionlardan foydalanish qoidalari esa tegishli attraksionlarga kirish joylarida joylashtirilgan.
1.4. Bog’ hududida joylashgan barcha attraksionlar va o‘yin majmualaridan foydalanish faqat ular uchun belgilangan maxsus qoidalarga qat’iy rioya etilgan taqdirda ruxsat etiladi. Har bir tashrif buyuruvchi ushbu qoidalarni diqqat bilan o’qib chiqishi va ularga so‘zsiz amal qilishi lozim.
1.5. Tashrif buyuruvchilar quyidagi talablarga amal qilishi shart:
- Xizmatlardan foydalanishdan oldin ushbu Qoidalar, shuningdek bog’ hududidagi axborot stendlarida joylashtirilgan boshqa axborot materiallari bilan mustaqil tanishish;
- Qoidalarga so‘zsiz rioya qilish;
- Attraksionlar faoliyatini ta’minlovchi operatorlarning xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalariga amal qilish;
- Jamoat tartibi, bog’da o’zini tutish normalari va bog’ mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish.
2.1. Bog’ning barcha xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo’ladilar.
2.2. Tibbiy xizmat xodimlari tomonidan tibbiy yordam olish huquqiga ega.
2.3. Havaskor tarzda foto va video suratga olish huquqiga ega.
2.4. Bog’ xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha qandaydir noaniqliklar yuzaga kelgan taqdirda, zaruriy ma’lumotlarni olish uchun bog’ning mas’ul xodimlariga murojaat qilish huquqiga ega. 2.5. Qo‘shimcha to‘lov evaziga restoran, savdo nuqtalari va boshqa xizmatlardan foydalanish huquqiga ega. 3. TASHRIF BUYURUVCHILARNING MAJBURIYATLARI 3.1. Ushbu Qoidalarga rioya etish, dam oluvchilarning salomatligini saqlash va jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan. Istirohat bog’ mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, boshqa tashrif buyuruvchilar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish shart. 3.2. Attraksionlardan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilish. Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ruxsatisiz attraksionlar hududiga o‘zboshimchalik bilan kirish taqiqlanadi. Attraksionlardan foydalanish uchun chiptalarni faqat bog’ kassasidan xarid qilish lozim. 3.3. Attraksionlarga tashrif buyurishda o‘zining va farzandlarining sog’lig’i holati, shuningdek, individual xususiyatlarini inobatga olgan holda xavf darajasini mustaqil baholash. 3.4. Attraksionda bo’lish davomida xavfsizlikka oid boshqaruv pulti operatorlarining ko’rsatmalariga so’zsiz amal qilish. 3.5. Agar tan jarohati olinsa, keskin harakatlardan tiyilish va zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish zarurligi haqida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga yoki boshqa tashrif buyuruvchilarga xabar berish. 3.6. Bog’ mulki va o‘simliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, tozalikni saqlash, sanitariya qoidalari hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish. 3.7. Tashrif buyuruvchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar yuzaga kelganda, bu haqda darhol park xodimlariga xabar berish. 3.8. Xavfsizlik bo‘limi xodimlarining so‘rovi bo‘yicha shaxsiy buyumlarni (katta hajmdagi sumkalar, portfellar, ryukzaklar va paketlar) vizual ko‘zdan kechirish uchun taqdim etish. YOSH BOLALI TASHRIF BUYURUVCHILAR UCHUN 3.9. Voyaga yetmagan bolalarni kuzatib yurgan shaxslar ularning bog’ hududida bo‘lishi davomida xavfsizligi uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. 3.10. Ota-onalar yoki bolalarni kuzatib yurgan shaxslar park hududida bo‘lgan vaqt davomida ularning xatti-harakatlarini nazorat qilishi, bog’ga tashrif buyurish va attraksionlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi shart hamda bunga shaxsiy javobgardir. 3.11. Ota-onalarga yoki bolalarni kuzatib yurgan shaxslarga bolalarni nazoratsiz holda qoldirish qat’iyan taqiqlanadi. 3.12. Attraksionlardan foydalanish chog‘ida ota-onalar va bolalarni kuzatib yurgan shaxslar attraksionlardan foydalanish qoidalari, shuningdek, bo‘y, vazn va yoshga oid cheklovlarga alohida e’tibor qaratishlari lozim. 3.13. Sport anjomlarini ijaraga berish punktlaridan foydalanishda ota-onalar va bolalarni kuzatib yurgan shaxslar ushbu anjomlardan xavfsiz foydalanish qoidalariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari kerak. 4. TASHRIF BUYURUVCHILARGA QAT’IYAN TAQIQLANADI 4.1. Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar yoki toksik moddalar ta’sirida bo‘lish; park hududiga spirtli ichimliklar, giyohvand va toksik moddalar, yonuvchan, zaharli, portlovchi, og‘ulovchi moddalar va suyuqliklar, gaz ballonlari, har qanday turdagi qurollar, sanchuvchi va kesuvchi buyumlar olib kirish; pirotexnika vositalaridan foydalanish. 4.2. Avtotransport vositalari va motorollerlar bilan park hududiga kirish; uy hayvonlari yoki yovvoyi hayvonlarni olib kirish; tarvuz, qovun va boshqa qovun-tarvuz mahsulotlarini olib kirish; bog’ni ni ifloslantirish, chiqindilar tashlash, gulxan yoqish; maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotlaridan foydalanish (chekish); yarimyalang‘och yoki yalang‘och holda yurish, quyoshda toblanish, cho‘milish yoki baliq ovlash; velosiped, samokat, rolik, skeytbord, skuterlarda va shunga o‘xshash vositalarda harakatlanish. 4.3. Xodimlar uchun mo‘ljallangan xizmat xonalariga kirish. 4.4. Bog’ mulkiga va o‘simliklariga zarar yetkazish, ularni buzish yoki yo‘qotish. 4.5. Professional uskunalardan foydalangan holda tijorat maqsadida foto yoki video tasvirga olish faqat oldindan ma’muriyat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 4.6. Ma’muriyat ruxsatisiz quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:- savdo faoliyati, tashviqot va reklama bilan shug‘ullanish;
- ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish;
- naushniksiz musiqiy yozuvlarni eshitish, ovozni kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanish, musiqa asboblarida chalish;
- har qanday elektr qurilmalarni va moslamalarni bog’ning elektr tarmoqlariga ulash
5.7. Nazorat qilinmay, qarovsiz qolgan shaxsiy buyumlar uchun bog’ ma’muriyati javobgar emas.