Ру Ўз O'z En

Tashrif Koidalari Yapon Bog’iga

Buyruqning 1-ilovasi

“O‘zekspomarkaz” MKK” AJ

Boshqaruv raisi

№ - 04/03/2023 yildagi 23/1-Ich

YAPON BOG’IGA TASHRIF BUYURISH QOIDALARI

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 107-uy manzilida joylashgan “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi AJga (keyingi o‘rinlarda – “O‘zekspomarkaz” AJ) qarashli Yapon bog‘i — dam olish va hordiq chiqarish maskani hisoblanadi. Shu munosabat bilan, bog‘ga tashrif buyurish chog‘ida quyida keltirilgan QOIDALARGA rioya qilishingizni so‘raymiz.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Qoidalar Yapon bog‘iga tashrif buyurish tartibini belgilaydi.

1.2. Mazkur Qoidalarda belgilangan talablar barcha tashrif buyuruvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Har bir tashrif buyuruvchi Yapon bog‘iga kirishdan oldin ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqishi shart.

1.3. Yapon bog‘i hududiga kirgan har bir tashrif buyuruvchi avtomatik ravishda ushbu Qoidalar bilan tanishganligini tasdiqlaydi va ularga so‘zsiz rioya qilish majburiyatini oladi.

1.4. Yapon bog‘ining ish vaqti jadvali, pullik xizmatlar (ishlar) ro‘yxati hamda ular bo‘yicha narxlar (price-list) kirish qismida joylashtirilgan axborot stendida e’lon qilingan.

  1. TASHRIF BUYURUVCHILARNING HUQUQLARI:

2.1. Yapon bog’ining barcha xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
2.2. Havaskorlik darajasida foto va video suratga olish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.
2.3. Yapon bog’ining ish rejimi, o’tkazilayotgan madaniy ommaviy tadbirlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar haqida quyidagi raqam orqali ma’lumot olish huquqiga ega: 71-235-02-50.

  1. TASHRIF BUYURUVCHILAR MAJBURIYATLARI:

3.1. Dam oluvchilarning sog‘lig‘ini saqlash va tartibni ta’minlashga qaratilgan ushbu Qoidalarga rioya qilishlari shart. Yapon bog‘i mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, boshqa tashrif buyuruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim.
3.2. Yapon bog‘i hududiga kirish uchun kassadan chipta sotib olishlari kerak.
3.3. Xavfsizlik bo‘limi xodimlarining iltimosiga binoan shaxsiy buyumlarni (katta hajmdagi sumkalar, portfellar, ryukzaklar va paketlar) vizual ko‘rik uchun taqdim etishlari zarur.
3.4. Tashrif buyuruvchilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar yuzaga kelganida, shu jumladan tashlab ketilgan buyumlar (sumkalar, qutilar, paketlar va boshqalar) topilganda, bu haqida Yapon bog‘i xodimlariga darhol xabar berishlari shart.
3.5. Voyaga yetmagan bolalarni xavfsizligi uchun ular bilan birga kelgan shaxslar javobgardirlar.

  1. TASHRIF BUYURUVCHILARGA TAQIQLANADI

4.1. Spirtli ichimlik, narkotik yoki toksik moddalar ta’sirida bo‘lish. Yapon bog‘i hududiga spirtli ichimliklar, narkotik vositalar, oson yonuvchi, zaharli, toksik yoki xavfli moddalar, gaz ballonchalari, turli qurollar, tig‘li yoki kesuvchi predmetlar olib kirish. Pirotexnika vositalaridan foydalanish.
4.2. Avtotransport vositalari va motorollerlarda hududga kirish. Uy hayvonlari yoki yovvoyi hayvonlar bilan kirish. Tarvuz, qovun va boshqa poliz ekin mahsulotlarini olib kirish. Yerni ifloslantirish, axlat tashlash va o‘t yoqish. Maxsus belgilangan joylardan tashqari hududda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish. Quyoshda toblanish, yarimyalang‘och yoki yalang‘och holda yurish, cho‘milish va baliq tutish. Velosiped, samokat, rolik, skeytbord, skuter va shunga o‘xshash vositalarda yurish.
4.3. Xizmat xonalariga kirish.
4.4. Yapon bog‘ining mulkiga yoki o‘simliklariga zarar yetkazish, ularni buzish yoki sindirish.
4.5. Tijorat maqsadidagi foto/video suratga olish ishlari professional uskunalar bilan faqat oldindan ma’muriyat bilan kelishilgan holda ruxsat etiladi.
4.6. Ma’muriyat ruxsatisiz quyidagilarni amalga oshirish:

  • savdo, tashviqot va reklama faoliyati;
  • naushniklarsiz audiotasvirlarni eshitish, ovozni kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanish, musiqa asboblarida chalish;
  • har qanday elektr qurilma va uskunalarni elektr tarmog‘iga ulash.
  1. YAKUNIY QOIDALAR

5.1. Yapon bog‘i mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, tashrif buyuruvchi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
5.2. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda, Yapon bog‘i ma’muriyati tashrif buyuruvchidan bog‘ hududini tark etishni so‘rash, tashrif va xizmat ko‘rsatishni rad etish huquqiga ega. Qoidalarni buzganlarga to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi.
5.3. Tashrif buyuruvchilarning haddan tashqari ko‘pligi sababli noqulayliklar va sog‘liqqa xavf tug‘ilgan holatlarda, ma’muriyat vaqtincha chipta sotishni va bog‘ga kirishni to‘xtatish huquqiga ega.
5.4. Yapon bog‘i ma’muriyati ushbu Qoidalarga hamda bog‘ faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga o‘z faoliyatini va obro‘sini yaxshilash maqsadida bir tomonlama va asosli o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
5.5. Ushbu Qoidalar buzilishi natijasida yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar uchun ma’muriyat javobgar emas.
5.6. Ma’muriyat Yapon bog‘ining ish vaqtida ko‘rsatilganidan ilgariroq faoliyatini yakunlash huquqiga ega.
5.7. Nazoratsiz qolgan shaxsiy buyumlar uchun Yapon bog‘i ma’muriyati javobgar emas.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech