"O‘zekspomarkaz" MKK" AJ Pavilonlar № 1, 2
ITECA EXHIBITIONS
“Togʻ-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan” xalqaro koʻrgazmasi butun dunyodan togʻ-kon sanoati mutaxassislarini birlashtirgan mustahkam milliy va xalqaro hamkorlikka yoʻl ochadigan professional maydondir.
19 yildan buyon MiningMetals Uzbekistan ko‘rgazmasi yuzlab ishtirokchi kompaniyalar va minglab tashrif buyuruvchilar – asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, tog‘-metallurgiya xoldinglari, ilmiy doiralar va davlat idoralari vakillari bir maydonda to‘plab kelmoqda. Mazkur tadbirda ishtirok etish yangi mahsulotlarni namoyish etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi va raqobatchilar salohiyatini baholash, investor va hamkorlar topish, hamkasblar bilan tajriba almashish imkonini beradi. O‘tgan yillar davomida ko‘rgazma O‘zbekiston kon-metallurgiya majmuasi oldida turgan muammolarni hal etishda samarali biznes platforma ekanligini isbotladi.
Sohaning yetakchi kompaniyalari ishtiroki va yildan-yilga yangi o'yinchilar soni ortib borayotgani bois, ko'rgazmaga tashrif buyurish bozor kon'yunkturasini baholash, turli yetkazib beruvchilarning takliflarini solishtirish va sanoatning rivojlanish tendentsiyalari bilan tanishish imkonini beradi.
Tashkilotchi: ITECA EXHIBITIONS
Tel.: + (998 71) 205 18 18
E-mail: post@iteca.uz
Veb-sayt: https://mining.uz/