Hurmatli, mehmonlar!
Boshqaruv raisining
2023-yil 6-yanvardagi
7/1-ICH buyrug’iga 1-ilova
“O‘ZEKSPOMARKAZ” MKK AJ HUDUDIGA TASHRIF BUYURISH QOIDALARI
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) hududiga tashrif buyuruvchi mehmonlarning xatti-harakatlarini tartibga solish umumiy qoidalari hisoblanadi.
1.2. Tashrif buyuruvchilar Jamiyat hududiga, majmuaning ish vaqtida faqat maxsus mo‘ljallangan nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kirishlari mumkin.
1.3. Jamiyat mulkini himoya qilish, undagi tartib va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, majmua pavilyonlarida va uning hududida videokuzatuv tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar va ularning harakatlarini qayd etadi.
ASOSIY TALABLAR
2. “O’zekspomarkaz” MKK” AJ hududiga tashrif buyuruvchilar quyidagilarga majburdirlar:
2.1 Jamiyat hududiga kirishni faqat maxsus mo’ljallangan nazorat-o‘tkazish punktlari orqali soat 6.00 dan 20.00 gacha (o‘tkazilayotgan tadbirlarga qarab farq qilinishi mumkin) amalga oshirishga;
2.2. Jamiyatga kirishda zarur bo’lgan hollarda, tashrif buyuruvchilar alohida nazoratdan va shaxsiy ko‘rikdan, shu jumladan qo‘l yuki va shaxsiy buyumlarini ko‘zdan kechirishga;
2.3. O'z sog'lig'i/hayotini va mulk xavfsizligini, shuningdek, o'z farzandlari va boshqa hamrohlik qiluvchi shaxslarning sog'lig'ini/hayotini va mol-mulkini xavfsizligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilishga;
2.4. Jamiyat hududida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan taqdirda, tashrif buyuruvchilar “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ qo‘riqlash xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning talablarini so‘zsiz bajarishga;
2.5. Jamiyat hududida qolib ketgan yoki shubhali narsalar aniqlansa, tashrif buyuruvchi “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ qo‘riqlash xizmati xodimiga darhol xabar berishga;
2.6. Transport vositasining Jamiyat hududiga kirishi uchun ma’muriyat ruxsatnomasini taqdim etishga, Jamiyat hududida transport yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya etishga, 30 km/soat tezlikdan oshmagan holda faqat belgilangan yo’llarda harakatlanishga, transport vositalarining to‘xtab turishini belgalangan joylarda amalga oshirishga;
2.7. Hudud yopilgandan so'ng "EXPO" mehmonxonasiga kirish, mehmonxonaga eng yaqin nazorat punkti orqali xonani bron qilinganligi haqidagi ma’lumotni taqdim etish orqali kirishga;
2.8. Hududdagi yashil o‘simliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish;
2.9. Umumqabul qilingan xulq-atvor me’yorlariga rioya qilishga, Jamiyat hududida joylashgan badiiy bezaklar, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarga zarar yetkazmaslikga;
2.10. Jamiyat hududini toza saqlashda ko'maklashishga va chiqindalarni o’rnatilgan qutilarga tashlashga;
2.11. Yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga;
2.12. Suv havzalari (anhor, ko'l) yaqinida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga.
3. BOLALAR BILAN TASHRIF BUYURUVCHILAR UCHUN:
3.1. Bolalarga hamroh bo‘lgan shaxs Jamiyat hududida bo‘lgan vaqtida o‘z farzandlari va o‘ziga ishonib topshirilgan shaxslarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini nazorat qilishi shart;
3.2. Hududda voyaga yetmaganlar bo’lgan vaqt mobaynida, kuzatib borayotgan shaxs uning xavfsizligini ta’minlash va bolaning hududga tashrif buyurish va sayr qilish qoidalariga rioya qilishi uchun shaxsan javobgardir.
3.3. Bolalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
4. “O’ZEKSPOMARKAZ” MKK” AJ HUDUDIDA O’TKAZILADIGAN KO‘RGAZMALAR VA KO‘RGAZMADAN TASHQARI TADBIRLARGA
TASHRIF BUYURISH QOIDALARI:
4.1. Tadbir va ko’rgazmalarga tashrif buyuruvchilarni qabul qilishda yosh cheklovlari bo'lishi mumkin, cheklovlar tashkilotchining rasmiy veb-sahifasida va ro'yxatga olish joylarida ko’rsatiladi.
4.2. Ko‘rgazmalarga va ko‘rgazmadan tashqari bo’lgan tadbirlarga tashrif buyuruvchilar, tashkilotchilarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini ta’minlash maqsadida belgilangan qoidalarga rioya qilish to‘g‘risidagi talablarini bajarishlari shart.
4.3. Ko'rgazma pavilonlarining kirish joylarida "Yong'in vaqtida evakuatsiya sxemalari" mavjud bo'lib, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda foydalanish maqsadida kirishda ular bilan tanishib chiqish zarur;
4.4. Ko‘rgazmada tashkilotchi tomonidan suratga olingan foto va videomateriallardan, shu jumladan tashrif buyuruvchilar ishtirokidagi foto va video materiallardan ko‘rgazmani reklama qilish uchun foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
4.5. Hududda ko‘rgazmaning ishbilarmonlik xususiyatiga va umumqabul qilingan axloqiy me’yorlariga mos kelmaydigan holatda va ko‘rinishda bo‘lish taqiqlanadi.
5. JAMIYAT HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI:
5.1. Jamiyat hududida gulxan yoqish yoki yong'inga olib kelishi mumkin bo'lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
5.2. Panjaralarga, ustunlarga, daraxtlarga chiqish va ularga zarar yetkazish, yashil maydonlarda yurish yoki yotish;
5.3. Jamiyat xizmat xonalariga va texnik muhandislik inshootlariga kirish;
5.4. Jamiyat hududidagi suv havzalarida suzish, ko‘priklardan suvga sakrash va ruxsat etilmagan joylarda quyoshga toblanish, daryodan suzib o’tish yoki boshqa yo‘l bilan kesib o‘tish, yalang‘och holatda harakatlanish, shuningdek baliq ovlash, ularni ovqatlantirish va begona narsalarni suv havzasiga tashlash, qirg’oqlarga 10 metr masofada yaqinlashish.
5.5. Odamlarning hayoti va sog'lig'i uchun xavf tug’diruvchi qurol, tez yonuvchi, radioaktiv moddalar, o’tkir va kesuvchi buyumlarni, xar hil turdagi gaz ballonlarni, shuningdek portlash xavfi mavjud bo'lgan boshqa narsalarni olib kirish.
5.6. Pirotexnika vositalaridan foydalanish.
5.7. Hududni maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslantirish.
5.8. Jamiyat ma’muriyatining roziligisiz sahnalashtirilgan foto va video suratga olish ishlarini olib borish.
5.9. Jamiyat ma’muriyatining yozma roziligisiz har qanday savdo sotiq, reklama va axborot mahsulotlarini tarqatish, taqdimotlar, namoyishlar, aksiyalar va ruxsat etilmagan mitinglar, yurishlar, piketlar, shuningdek boshqa kelishilmagan aksiyalar o‘tkazish.
5.10. Alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib yurish va iste'mol qilish, alkogolli, giyohvandlik yoki toksik mast holatda bo'lish.
5.11. Jamiyat hududiga hayvonlar bilan kirish.
5.12. Tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo’lgan, texnik xizmat ko'rsatish xonalardan va kirish yo'llaridan foydalanish.
5.13. Jamiyat hududi bo‘ylab velosiped, skuter, konki, segvey va shu kabi boshqa transport va sport vositalarida harakatlanish.
5.14. Jamiyat hududida joylashgan majmua mulkiga, insonlarning hayoti yoki sog‘lig‘iga tahdid manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish.
5.15. Yozuvlarni qoldirish, bosma materiallar, plakatlar, varaqalar va axborot yoki reklama mazmunidagi boshqa mahsulotlarni yopishtirish va tarqatish, targ'ibot tadbirlarini o'tkazish.
5.16. Bolalarni nazoratsiz qoldirish;
5.17. Binolarda va ochiq hududda, kompleks hududida maxsus ajratilgan joylardan tashqari, chekish taqiqlanadi.
5.18. Jamiyat va qo‘riqlash xizmati xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishiga aralashish, jamoat tartibini saqlash hamda kirish nazorati va ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ushbu qoidalarga rioya qilish bo‘yicha ularning talablarini bajarmaslik.
6. QUYIDAGI HOLLARDA TASHRIF BUYURUVCHILARNI JAMIYAT HUDUDIGA KIRITILMASLIGI YOKI UNI TARK ETISHI MUMKIN:
6.1. Shaxsiy ko‘rikdan o‘tmaganlik, qo‘l yuki va shaxsiy narsalarni tekshirish uchun taqdim etmagan taqdirda.
6.2. Alkogol, giyohvand moddalar yoki toksik moddalarning ta’siri ostida bo‘lsa.
6.3 Jamiyat hududiga olib kirish taqiqlangan narsalar bilan kirishga harakatga qilganda.
6.4. Zarur holatlarda, qoidabuzarlar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga topshirilishi mumkin.
7. TASHRIF BUYURUVCHILARNING MULKI.
7.1. “O’zekspomarkaz” MKK” Aj hududida qoldirilgan narsalarning xavfsizligi uchun “O’zekspomarkaz” MKK” Aj javobgar emas.
8. JAMIYAT HUDUDIGA TASHRIF BUYURUVCHILAR QUYIDAGI IMKONIYATLARGA EGA:
8.1. Zarurat tufayli tez tibbiy yordam xizmatini hududga chaqirish va yordam olish.
8.2. Jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ma’lumot olish.
8.3. Jamiyat hududida sayr qilish va dam olish.
8.4. Tadbirni tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida Jamiyat xodimlarini xabardor qilish.
9. BAXTSIZ HODISALAR VA EKSTREMAL VAZIYATLARDA HARAKATLAR:
9.1. Jamiyat hududi bo‘yicha yong‘in signalizatsiyasi, yagona qo‘riqlash signalizatsiyasi va audiotizimlar Jamiyatning barcha binolarida o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali audioxabarlar, ya'ni Jamiyatda baxtsiz hodisa yoki boshqa favqulodda vaziyat yuzaga kelganda va boshqa xabarlar tarqatiladi.
9.2. Ushbu tizimlarning ishlashini o'chirib qo'yish, to'sqinlik qilish yoki boshqa yo'llar bilan cheklash qat'iyan man etiladi. Ushbu tizimlarga zarar yetganligini sezgan holda, bu haqida zudlik bilan ma'muriyat xodimlari yoki "O'zekspomarkaz" MKK” AJ qo'riqlash xodimlariga xabar berish kerak.
9.3. Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda, masalan: Jamiyat binolarida yong‘in yoki portlash, tabiiy ofatlar yoki halokatli hodisalar (kuchli shamol), terrorchilik harakat sodir bo‘lganda tashrif buyuruvchilar Jamiyat xodimlarining, ichki ishlar, yong‘in-qutqaruv xizmati va boshqa xizmatchilarning yoki ma’muriyat xodimlarining ko‘rsatmalariga rioya qilishlari talab qilinadi.
9.4. Yong'in yoki tutun manbasini ko'rgan holda, zudlik bilan Jamiyat xodimlari, ma'muriyati yoki qo'riqlash va yong'in-qutqaruv xizmatiga xabar berish, odamlarni qutqarish va ularning xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni ko'rish.
9.5. Jamiyat ma’muriyati, xodimlari, ijarachilari, foydalanuvchilari yoki tashrif buyuruvchilari xavfsizligi, sog‘lig‘i yoki hayotiga tahdid tug‘ilganda shu jumladan yong'in, portlash, gaz chiqishi va boshqa xavf-xatarlar bo'lgan talofatlar va zarar yetkazilishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini olish maqsadada, pavilonlarni, hududni (yoki uning biron bir qismini) darhol, oldindan ogohlantirmasdan yopishga haqli.
10. YAKUNIY QOIDALAR
10.1. Ushbu qoidalar “Oʻzekspomarkaz” MKK” AJ ning barcha tashrif buyuruvchilari uchun amal qiladi.
10.2. Jamiyat hududiga har bir tashrif buyuruvchi ushbu qoidalar bilan tanishganligini hududga kirganligi bilan avtomatik ravishda tasdiqlaydi va ularga rioya qilish majburiyatini oladi.
10.3. Qo‘riqlash xodimlari Qoidalar buzilganligi to‘g‘risida ogohlantirish, tashrif buyuruvchilardan hududni tark etishlarini so‘rash, shuningdek, Jamiyatning mehmonlari va tashrif buyuruvchilari va boshqa shaxslarining xavfsizligini, ularning salomatligi, hayoti, mulki xavfsizligi ta’minlash maqsadida qonuniy choralarni ko‘rish huquqiga ega.
10.4. Jamoat tartibini va qoidalarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jazo qo'llaniladi.