"O‘zekspomarkaz" MKK" AJ Pavilon № 1, 2, Atrium 1, Konf.zal
INTERNATIONAL EXPO GROUP
“UzEnergyExpo-2025” 19-Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma 2025 yilning 21–23 oktabr kunlari Toshkentdagi “Uzexpocentre” ko‘rgazma markazida (1- va 2-pavilonlar, Atrium zali hamda ochiq maydon) bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchi – International Expo Group (IEG-Uzbekistan).
Ko‘rgazma energetika sohasining asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:
energetika
qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTM) va energiya tejash
elektrotexnika
yoritish texnologiyalari
kabellar, simlar, armatura
energetik mashinasozlik va issiqlik energetikasi
UzEnergyExpo – O‘zbekiston energetika sektoridagi muhim biznes voqealardan biri bo‘lib, soha tendensiyalarining ko‘rsatkichidir. Ishtirokchilar energetika, elektrotexnika, yoritish, avtomatlashtirish va kabel mahsulotlari bo‘yicha eng yangi energiya tejamkor yechimlar va texnologiyalarni taqdim etadilar.
Tashkilotchi: INTERNATIONAL EXPO GROUP
Tel.: +99871 238 59 88
E-mail: info@ieguzexpo.com
Veb-sayt: https://www.ieg.uz/uzenergyexpo