Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Sentyabr 2025

To`qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025, To`qimachilik va Tikuvchilik sanoati– TextileExpo O’zbekiston Kuz 2025

2025-yil 9–11-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ hududida to‘qimachilik sanoatiga bag‘ishlangan yirik xalqaro ko`rgazmalar 16-Markaziy Osiyo xalqaro to‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari ko‘rgazmasi – CAITME 2025 hamda 25-yubiley xalqaro to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati ko‘rgazmasi – TextileExpo O’zbekiston Kuz 2025 bo`lib o`tadi.

Ushbu ko‘rgazmalarda Avstriya, Belarus Respublikasi, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Portugaliya, Rossiya, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya va Yaponiya kabi 23 davlatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar o‘z mahsulotlarini namoyish etadilar.

CAITME va TextileExpo Uzbekistan ko‘rgazmasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi — eng zamonaviy texnologiyalar va uskuna bilan tanishishdan tortib, o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorlarga chiqarishgacha.

CAITME — bu to‘qimachilik va trikotaj sanoatiga mo‘ljallangan uskunalar ko‘rgazmasi bo‘lib, unda Yevropa va Osiyoning ilg‘or texnologiyalarini taklif qiluvchi yetakchi ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi 1, 2, 3-sonli pavilyonlar hamda Atrium 1 zalida joylashtiriladi.

TextileExpo Uzbekistan — to‘qimachilik va yengil sanoatning barcha yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda ip-kalava, matolar, trikotaj, ipak, uy tekstili, paypoq mahsulotlari, bo‘yoqlar, kimyoviy moddalar, aksessuarlar, poyabzal va boshqa ko‘plab mahsulotlar taqdim etiladi. Ushbu ko‘rgazma 4-sonli pavilyon va Atrium 2 zalida bo`lib o`tadi.

Tadbirlar doirasida shuningdek keng qamrovli biznes dastur, B2B uchrashuvlar va taqdimotlar tashkil etiladi.

Tashkilotchilar – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi hamda uning hamkori ICA Eurasia Group.

37 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech