«O‘zekspomarkaz» MKK” AJ va Germaniyaning IFWexpo Heidelberg GmbH kompaniyasi 2025 yil 26–28 noyabr kunlari 1-, 2-sonli pavilonlar hamda ko‘rgazma majmuasining ochiq maydonlarida «Uzbekistan Agrotech Expo–2025», «Uzbekistan Agromash Expo–2025» va «AgroExpo Uzbekistan 2025» xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarini tashkil etmoqda.
Ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi yopiq va ochiq maydonlarni qo‘shgan holda 7500 kv.m dan ortiq maydonni egallaydi.
Ko‘rgazmalarda Gruziya, Rossiya, O’zbekiston, Turkiya, Hindiston, Italiya, Niderlandiya, Fransiya, Malayziya va Qozog‘iston kabi 20ta ortiq mamlakatdan 180 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Shuningdek, Germaniya, Avstriya, Polsha, Xitoy va Eron o‘z milliy pavilonlari bilan ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi sohasi uchun eng so’nggi ishlanmalar, innovatsion texnologiyalar va keng turdagi jihozlar taqdim etiladi. Ushbu ko‘rgazmalar Respublikada sifatli va raqobatbardosh import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.